Urganch innovatsion universitetida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Universitet ARM rahbari M. Davletova tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy-salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Xorazm viloyati filiali shifokori D. Eshchanov, Xorazm viloyati IIB JQB xodimi J. Zaripov hamda M.Zamaxshariy nomidagi AKM huquqiy axborot sektori mudiri I. Matsapayeva so‘zga chiqishdi.

Mutaxassislar giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish hamda aholida ushbu illatga qarshi immunitetni shakllantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning ahamiyati, giyohvandlikka qaramlikning oldini olish va har bir inson o‘z hayoti hamda yaqinlari taqdiri uchun mas’ul ekanligi alohida ta’kidlandi.

UrIU matbuot xizmati

Urganch innovatsion universiteti

O'rganishni boshlashga va ko'nikmalaringizni oshirishga tayyormisiz?

Mutaxassislar tomonidan boshqariladigan ta'lim yo'nalishlarida o'z karyeralarini o'zgartirayotgan minglab o'quvchilarga qo'shiling. O'z yo'lingizni tanlang va bugun sayohatingizni boshlang.

7
6
5
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Muvaffaqiyatli bitiruvchi

1
1
2
3
4
5
M+

O‘qiyotgan talaba

7
6
1
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
+

Malakali o‘qituvchi

2
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Ishga joylashgan bitiruvchi